Get Mystery Box with random crypto!

​ Ingliz tilini o'rganayotganlar va o'rganmoqchi bo'lganlar uc | Teacher Azam

Ingliz tilini o'rganayotganlar va o'rganmoqchi bo'lganlar uchun

Ko'pchilikda ingliz tilini o'rganish bo'yicha shunday bir qo'rquv bor . Ular til o'rganishni boshlashga cho'chishadi. Qachon buni o'rganib tugataman , bunga 2 yil kerak, 3 yil kerak deb o'yla-a-ab yurishadi. Lekin bunday o'ylash mistake(xato) .

Birinchi navbatda, shuni bilishingiz kerakki siz ingliz tilini hechqachon o'rganib tugatmaysiz. Men o'zim ingliz tili o'qituvshisi bo'lsam ham, haligacha bu tilni o'rganaman.

Yangi so'zlar,
yangi iboralar va
yangicha so'zlashuv usullarini

o'rganishda davom etaman. Men-ku mayli, hattoki har bir ingliz insoni ham bu tilni hayoti davomida o'rganib yuradi. Xuddi, biz o'zbeklar o'z tilimizdagi yangi so'z va iboralarni o'rganganimizdek.

Yana bir muhim narsa til o'rganayotganda "aynan bir nuqtagacha o'rganaman bo'ldi" deb maqsad qo'yish to'g'ri emas. Misol uchun IELTS 7gacha bo'lsa bo'ldi, o'shanda o'rgangan bo'laman degan reja bilan yashash kerak emas . Uning o'rniga, bizning harkungi g'alabalarimiz bizning kichik natijalarimiz bo'lishi kerak. Asosiy maqsad esa ingliz tilidan mezza qilish, o'zimiz uchun yangi narsalarni o'rganish.

Shuningdek, atrofimizda shunday bir odamlar yig'ishimiz kerakki, ular ingliz tiliga qiziqadigan odamlar bo'lishi kerak. Ular bilan ingliz tilini o'rganish uchun emas, balki shunchaki mazza qilish uchun birga bo'lish kerak. Misol uchun, bolalar bilan futbol o'ynaganingizda professional futbolchi bo'lish uchun yoki futbolni o'rganish uchun o'ynamaysizku. Shunchaki mazza qilish uchun o'ynaysiz, to'grimi? Lekin shunday 1-2 yil o'ynaganingizdan keyin baribir yaxshi futbo'l o'ynaydigan bo'lib ketasiz, buni o'zingiz ham sezmay qolasiz. Maqsadingiz esa shunchaki mazza qilish edi. Ingliz tilini ham shunday yo'lga qo'yib olish kerak. Ana shunda bu tilni qanday o'rganib olganingizni ham bilmay qolasiz.

Sizni ingliz tili o'rganishdan maqsadingiz nima?

Kanalga ulanish
@teacherazam