Get Mystery Box with random crypto!

Miyani yuvish nimaligini bilasizmi? Aslida umuman noto'g'ri | Teacher Azam

Miyani yuvish nimaligini bilasizmi?

Aslida umuman noto'g'ri bo'lgan narsani odamlarning miyasiga "yo'q u to'g'ri" deb quyib qo'yish, haqiqatni ko'rolmaydigan qilib qo'yish "miyani yuvish" ya'ni "brainwashing" deyiladi.

Bu ishni amalga oshirishning eng keng tarqalgan usuli televideniya orqali bir gapni qayta-qayta aylantirib odamlarni u gap to'g'riligiga ishontirish. Natijada "bizda hammasi zo'r" deydiganlar paydo bo'ladi.

Mana shunday odamlar va "o'sha paytlar baribir yaxshi edi, non 1200 so'm bo'lgan" deydiganlar "brainwashed" ya'ni miyasi yuvilganlar deyiladi.

Sizning miyangizni ham yuvib qo'yishmasligi uchun o'zingizda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishingiz va "monopoliya o'zi yaxshi" degan gaplarga ishonmasligingiz kerak!

Kanalga ulanish
@teacherazam