Get Mystery Box with random crypto!

Qordek sof va begunoh Pure as the driven snow - ingliz tili | Teacher Azam

Qordek sof va begunoh

Pure as the driven snow - ingliz tilida unchalik ham ko'p ishlatilavermaydigan bu iboraning paydo bo'lishiga Shekspir sababchi.

Chunki u o'zining Gamlet nomli piyesasida Afeliyaning begunoh ekanini "pure as the snow" so'zlari bilan ta'svirlagan. Undan keyingi yozuvchilar esa "driven" so'zini qo'shib ishlata boshlagan va aynan shu versiya ko'proq ommalashgan.

Bu iboradagi "driven" so'zini bizning mashinalarga hech qanday aloqasi yo'q. Gap - shamolda beg'uborgina bo'lib uchib yurgan toza qorparchasi haqida ketmoqda.

Xullas, ko'nglida kiri yo'q, kommentariyaga "men 1" deb yozmaydiganlarni va kanalini reklama qilib havola tashlamaydiganlarni shunday desa bo'ladi.

Kanalga ulanish
@teacherazam