Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilini uyda kuchaytirish uchun top usullar Atrof-muh | Teacher Azam

Ingliz tilini uyda kuchaytirish uchun top usullar

Atrof-muhitni ingliz tili bilan o'rab olish. O'qiydigan, eshitadigan, ko'radigan kontentingiz va hattoki telefon sozlamarini ham ingliz tiliga o'tkazish.

Birga til o'rganish uchun sherik topish (buni lekin qiz topib gaplashishdan farqi bor). Kimdir bilan birgalikda biror ish qilsangiz dangasalik qilish ehtimoli kam bo'ladi-da.

Til o'rganish uchun maqsadchalar qo'yish. Ya'ni IELTS 7.5 dan tashqari "kuniga 5 ta yangi so'z yodlayman" yoki "1 soat podkast eshitaman" degan narsalar.

Qaysidir siz sevib qiladigan mashg'ulotni til o'rganishga bog'lash. Masalan, til o'rganishga majbur qiladigan o'yin o'ynash. Muhimi siz u ishni qilayotganingizda "men dars qilayapman" deb o'ylamasligingiz kerak.

Kanalga ulanish
@teacherazam