Get Mystery Box with random crypto!

Bog’lovchili qo’shma gaplarda kelajak zamon ifodalanishi Um | INGLIZ TILI | Teacher_UZB

Bog’lovchili qo’shma gaplarda kelajak zamon ifodalanishi

Umumiy qoidaga binoan ikkita gapni bog'lab kelgan koʻpchilik payt va shart bog'lovchilari ishtirok etgan gaplarda kelasi zamon fe’li oʻrnida hozirgi zamon fe'llari qoʻllanadi.

I will wait (kelasi zamon fe'li) here UNTIL (bog'lovchi) you come (hozirgi zamon fe'li) back. (Sen kelguningcha men kutaman)

Yuqoridagi misolda ikkala ish-harakat ham kelasi zamonda, lekin qoidaga ko'ra payt bog'lovchisi boʻlgan 'until' soʻzidan keyin oddiy hozirgi zamon qoʻllanilayapti.
Yana bir misol:

When the rain stops, we'll go out. (Yomg'ir tinsa, biz tashqariga chiqamiz)

Yuqoridagi qoida boʻyicha qoʻllaniladigan bog'lovchilarga misollar:

when - -gan paytda, qachonki,
before - oldin,
until/till - -gacha
as soon as - -shi bilanoq,
by the time - -uncha, -gacha,
while - -ganda, davomida,
after - keyin,
in case – hisobga olib, ehtiyot shart
provided (that) - -gan holdagina,
providing(that) - -gan holdagina
if - -sa (agar… sa) ,
unless - -masa (agar…masa),
as long as - toki
so long as - toki


Let's

@Teacher_UZB | Youtube.com