Get Mystery Box with random crypto!

Shart (condition) deganda nima tushuniladi? Masalan, tasavv | INGLIZ TILI | Teacher_UZB

Shart (condition) deganda nima tushuniladi?

Masalan, tasavvur qiling, ertaga yomg’ir yog’ishi mumkin va sizning tashqariga chiqish rejangiz bor.

Siz o’zingizning rejangizni biror shartga (voqea sodir bo’lishi yoki bo’lmasligiga) bog’lab qo’yishingiz mumkin, ya’ni:

Agar ertaga yomg’ir yog’sa, biz tashqariga chiqmaymiz.
If it rains tomorrow, we will not go out.

Yana bir shartni ko’rib chiqamiz:

Agar u yaxshi tayyorgarlik ko’rsa, imtihondan o’tadi.
If he studies well, he will pass the exam.

@Teacher_UZB | Youtube.com