Get Mystery Box with random crypto!

#6_dars #ingliztili #grammar #Teacher_UZB Present continuo | INGLIZ TILI | Teacher_UZB

#6_dars #ingliztili #grammar #Teacher_UZB

Present continuous va Present simple tense qo'llanishidagi o'ziga xosliklar

1️. Mazkur ikkala zamon qo'llashda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim.

Harakat fe’llari oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..).
Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi.

2. Harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin.

Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy)

Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy)

3.Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.

I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda)

He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda)

@Teacher_UZB | Youtube.com