#5_dars #ingliztili #grammar #Teacher_UZB Ingliz tilida fe | INGLIZ TILI | Teacher_UZB
#5_dars #ingliztili #grammar #Teacher_UZB
Ingliz tilida fe’l shakllari
Ingliz tili Grammatik qoidalarda fe’lning 4 ta shakli qoʻllaniladi.
1️. Fe'lning noaniq shakli (infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya'ni fe'lda hech qanday o'zgarish yoki qo'shimcha bo'lmaydi.
to play, to eat, to go, to think, to work
2. Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.
played, ate, went, thought, worked
3️. Past participle (verb III) - fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.
played, eaten, gone, thought, worked
4️. Present participle - fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.
playing, eating, going, thinking, working
@Teacher_UZB | Youtube.com