Get Mystery Box with random crypto!

#4_dars #ingliztili #grammar #Teacher_UZB Present Simple t | INGLIZ TILI | Teacher_UZB

#4_dars #ingliztili #grammar #Teacher_UZB

Present Simple tense

Present Simple Tense – hozirgi oddiy zamon doimiy ravishda sodir boʻluvchi, oʻzgarmaydigan yoki takroriy ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Mazkur zamonda darak gaplarda asosiy fe’lning oʻzi, soʻroq va inkor gaplarda do/does yordamchi fe’llari va asosiy fe'l ishtirok etadi.

Positive form:
I work.
He/she/it works.
We/you/they work.

Negative form:
I do not (don't) work.
He/she/it does not (doesn't) work.
We/you/they do not (don't) work.

Question form:
Do I work?
Does he/she/it work?
Do we/you/they work?

Hozirgi oddiy zamonda fe’lning tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi.
I shaxs birlik va ko'plik (I, we), II shaxs birlik va ko'plik (you), III shaxs ko'plikda (they) fe'lga qo'shimcha qo'shilmaydi.
III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi.
He works, she works ... .
Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.
She goes, it washes.

Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.
He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.
Does he work? Does she go? Does it wash?

@Teacher_UZB | Youtube.com