Get Mystery Box with random crypto!

Ro'yxatga qo'yish tartibini buzganlik uchun qanday javobgarlik | YURIDIK KLINIKA

Ro'yxatga qo'yish tartibini buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasi Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.

Ushbu moddaga muvofiq, Fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobga turmasdan yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi yoki ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan yashash guvohnomasi bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, yashash guvohnomasini qasddan yaroqsizlantirishi, ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, —bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Murojaat uchun:
@Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook