Get Mystery Box with random crypto!

#Mehnat_huquqi Mehnat qonunchiligiga koʻra ta'til berish ta | YURIDIK KLINIKA

#Mehnat_huquqi

Mehnat qonunchiligiga koʻra ta'til berish tartibi qanday?

Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6oy ishlangandan keyin beriladi.

Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko'ra 6oy o‘tmasdan beriladi:
ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
I va II guruh nogironlariga;
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiylarga;
o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan birga o‘rindoshlik asosida ish vaqtiga mos haq to‘lagan holda;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'limni davom ettirayotganlarga imtihonlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya kabi ishlarini bajarish uchun;
ishlar hajmining qisqarganligi yoki korxona tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilganlarga


Ta’til har yili, ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok