Get Mystery Box with random crypto!

TDYU_Ma'naviyat

Telegram kanalining logotibi tdyu_manaviyat — TDYU_Ma'naviyat T
Telegram kanalining logotibi tdyu_manaviyat — TDYU_Ma'naviyat
Kanal manzili: @tdyu_manaviyat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.39K
Kanalning ta’rifi

Tashabbus...
Iqtidor...
Rag'bat...
Hammasi bizda. Biz bilan birga bo'ling. Biz Sizni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.
Biz 3-bino 120-xonadamiz!
Jamoamiz bilan Sizni kutamiz!
@PulatovTDYU
@TDYU_MURATOV
@Juraboyevkomil
@TDYUorganizator
@Shoxrux9418

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-24 17:11:41
Yoshlar oromgohi mentorlarimiz uchun mahorat maktabiga aylanmoqda.

Avval xabar berganimizdek, TDYUda mentorlik tizimi joriy qilinmoqda.

Mentor sifatidan tanlangan 50 dan ortiq talabalar uchun Yoshlar oromgohida bir haftalik o'quvlar tashkil etilmoqda.
1.2K views14:11
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:55:29
Diqqat e'lon
Kreativ videoroliklar yaratishga qobiliyatingiz bormi? Unda shoshiling!

Tanlovda 16 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Videoroliklar davomiyligi 1,5 daqiqadan 3 daqiqagacha.

Ko’rik tanlovning har bir yo’nalishi bo’yicha g’olib deb topilgan sovrindorlar:
1-o’rin uchun 15 million so’m
2-o’rin uchun 10 million so’m
3-o’rin uchun 5 million so’m pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Batavsil ma’limotlar: www.yoshlarakademiyasi.uz
716 views09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:01:00 Talabalar turar joyiga Talabalarni joylashtirish jarayoni boshlanmoqda.

Yangi o'quv yilida TTJga talabalarni joylashtirish bo'yicha rektor buyrug'i imzolandi.

Unga ko'ra, yangi o'quv yilidan boshlab TTJga joylashtirishda ijtimoiy adolat, tenglik, insonparvarlik, oshkoralikni va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi mexanizm joriy etilmoqda.

TTJga joylashtirishda belgilangan me’zonlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni birinchi navbatda joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mezonlar bilan bu yerda

TTJga joylashish istagida bo'lgan yuqori kurs talabalari 2022-yilning 18-avgust sanasidan boshlab Talabalarga xizmat ko'rsatish markazi (@TSUL_SSC_bot)ga onlayn ravishda ariza topshirishlari hamda me'zonlar asosida (mavjud bo'lganda) tegishli hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

Taqdim etilgan hujjatlar komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va natijalari Talabalarga xizmat ko'rsatish markazi orqali talabalarga ma'lum qilib boriladi.

TTJga tavsiya etilgan talabalar elektron dastur orqali xonalarga taqsimlanadi. Shu orqali yuqori kurs talabalari o'quv yili boshlanguniga qadar TTJga joylashishlari mumkin.

Shuningdek yangi mexanizmda yana bir qator imkoniyatlar belgilanmoqda.

@TDYU_Manaviyat
2.7K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:00:55
1.3K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-15 14:42:42
#Tabrik

Talabamiz Mansurova Shoxsanam Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Pokiston Islom Respublikasi Mustaqilligining 75 yilligi hamda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Pokistonniing kashf etilishi – tinchlik, farovonlik va aloqalar zamini” mavzusidagi insholar tanlovi e'lon qilingan edi.

Unda “Xususiy huquq fakulteti” fakulteti 1-bosqich talabasi Mansurova Shoxsanam Ixtiyor qizi munosib ishtirok etib
1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 14-avgust kuni Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi binosida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Gillani Sayid Ali Asad tomonidan sertifikat va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi ushbu talabani munosib yutug‘i bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.
1.6K viewsedited  11:42
Ochish/sharhlash
2022-08-15 08:59:46
Navbatdagi ovozli suxbatimiz mehmoni bilan tanishing.

Muvaffaqiyat sari 12-son

Asror Arabjanov Toshkentdagi Xalqaro Westminster universiteti va Amerikaning Stanford universiteti magistratura bosqich bitiruvchisi

Mavzu: " Dunyoning ikkinchi raqamli oliygohida taxsil olayotgan yurtdoshimiz bilan suxbat. Stanford taasurotlari

Uchrashuv vaqti : shanba ya'ni 20-avgust 20:00 da

Eksklyuziv va uzoq kutilgan uchrashuv albatta do'stlaringiz bilan ulashing.

@justicepower
878 views05:59
Ochish/sharhlash
2022-08-14 20:24:34
Yoshlar ittifoqi TDYU boshlang’ich tashkiloti “Eng yaxshi loyiha“ tanlovini e’lon qiladi

Talabalarning universitet hayotida amalga oshirishga mo'ljallangan va talabalar uchun foydali bo'ladigan g’oya va loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi loyiha” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun g'oya va loyihalaringizni yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda (4 kishidan oshmagan holda) 31-avgust kuniga qadar @furqati manziliga jo'natishingiz kerak bo'ladi.

Hakamlar hay'ati tomonidan saralab olingan "Eng yaxshi loyiha" mualliflari Yoshlar itttifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan taqdirlanadilar hamda ularga o'z loyihalarini amaliyotga joriy etishlari uchun amaliy yordam ko'rsatiladi.

Qo'shimcha ma'lumot yuzasidan bog'lanish uchun:
@furqati — Furqat Isoqov, tanlov koordinatori

@TDYUyoshlari
893 viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:54:57
Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida "Birinchi Diaspora yoshlar forumi" o‘tkaziladi

8-11-sentyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Ismailli shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida "Birinchi Diaspora yoshlar forumi" tashkil etiladi.

Unda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan faol va ingliz tilida mukammal gaplasha oladigan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Forumda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston kabi mamlakatlar yoshlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum uchun arizalar qabuli joriy yilning 17-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tshingiz mumkin:

Ro'yxatdan o'tish

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
690 views13:54
Ochish/sharhlash
2022-08-13 15:19:15
TTJ da istiqomat qilib turgan talabalar o'rtasida qator tadbirlar amalga oshirldi.

Talabalarning yozgi ta'tilni maroqli o'tkazishlari uchun qulay sharoit yaratish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Talabalarimiz futbol o'ynida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazdilar.

Toshkent shahridagi bunyodkorlik inshoatlari hamda muqaddas qadamcholarga shu jumladan Islom Karimov nomida memorial maJmuaga sayohatlar tashkil etildi.

Qopqon intellektual o'yini tashkil etildi.

Tadbirlar davom etmoqda...

Barcha talabalarga yozgi ta'tilni maroqli o'tkazishlarini tilab qolamiz!
825 views12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-12 20:55:02 ​​“Jadidlar” to’plamining Munavvar qori Abdurashidxonov audio kitobini tinglang!

Xabaringiz bor, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Jadidlar” to‘plamining audio kitobi tayyorlanmoqda. Bugun sizga navbatdagi audio kitobni taqdim etamiz.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan ushbu kitobda Munavvar qori Abdurashidxonovning hayot yo‘li va ijtimoiy-ijodiy faoliyatiga nazar tashlanadi. Uning tarixda tutgan o‘rni va xizmatlari tahlil etiladi. Adibning hikmatli so‘zlari va ziyolilarning e'tiroflari yodga olinadi. Ushbu kitobning audio varianti muallif Sotimjon Xolboyevning ruxsati asosida tayyorlandi.

Ovoz sohibasi: Nazokat Mixratillayeva
Audio montaj ustasi: Shaxobiddin Baratov
Video animatsiya ustasi: Mirafzal Ozodov
Muharrir va loyiha kordinatori: Izzatxo'ja Asomiddinov

Audio kitob ko'pchilikka yetib borishiga o'z xissangizni qo'shing. Videoga like bosing va fikrlaringizni komentariyada yozib qoldiring.

Audio kitobni tinglash:

883 views17:55
Ochish/sharhlash