Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqilligimizning 31 yilligi tantanali marosimida Prezidenti | TDYU_Ma'naviyat

Mustaqilligimizning 31 yilligi tantanali marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirdi

“Bizning maqsadimiz aniq va ravshan.

Yangi O‘zbekiston:

– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;

– odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;

– hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;

– tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan Davlat, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi”