Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga uyini ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘l | Texnika Universiteti (TDTU)

Talabalarga uyini ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu kuchga kirdimi?

JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1-moddasiga binoan, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

Boshqacha aytganda talabalarga uyini ijaraga berganlar daromad solig‘i to‘lamaydi. Talaba ham soliq to‘lamaydi.

Ma’lumot uchun: bundan tashqari yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 270 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa BHMning 135 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.


Manba: Xushnudbek

Do’stlaringizga ulashing
@otmuzbekistan