Get Mystery Box with random crypto!

2022-yil 9-avgust kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti | Toshkent davlat stomatologiya instituti

2022-yil 9-avgust kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Yunusov Ravshan Alimjonovich tomonidan yangi 2022-2023 o‘quv yili uchun tayyorgarlik hamda bu borada institut tomonidan olib borilayotgan ishlar va yillik ish rejalar to‘g‘risida qisqacha davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati shaklida o'tgan yig'ilishda Yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi B.Xikmetov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Jabborov hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Suhbat davomida boshlanayotgan o'quv yilida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, shuningdek ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bo'yicha rejalar belgilab olindi