Get Mystery Box with random crypto!

#Tayinlov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univers | 𝐓𝐃𝐏𝐔 Yoshlar ittifoqi BT |Rasmiy

#Tayinlov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar yetakchisi Mumtozbek Meliqo’ziyev O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Universitet jamoasi nomidan Mumtozbek Meliqo’ziyevning kelgusidagi ish faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

Eslatib o'tamiz, universitetimizning Yoshlar faoliyati bilan bog'liq tizimi talaba-yoshlarimiz uchun “sotsial lift” vazifasini bajarmoqda.
Bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, vatanparvar va fidoiy talabalarimiz uchun hozir ham kech emas!
Siz ham universitetimiz Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti atrofida birlashing! Ezgu maqsadlar sari dadil qadam tashlang va Siz ham kelajakda katta-katta marralarni egallang!

@TDPU_UZ