Get Mystery Box with random crypto!

“Jadidlar” to’plamining audio variantini e’tiboringizga havola | TDPU YOSHLARI

“Jadidlar” to’plamining audio variantini e’tiboringizga havola etamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi qoshidagi "Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani" ovoz yozish audiostudiyasi tomonidan “Jadidlar” to‘plamining audio kitob varianti tayyorlandi!

Ushbu to‘plam Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari o‘rin egallagan.

Ko’pchilik kitobxon-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, ushbu to'plamni audiokitob shaklida tayyorladik. Bugun to'plamning birinchi "Mahmudxo'ja Behbudiy" kitobi audio variantini sizlarga taqdim etamiz.

Audio kitobni tinglash: