Get Mystery Box with random crypto!

#ijodiy_imtihon Vazir va agentlik direktori TDPUga tashrif bu | TDPU YOSHLARI

#ijodiy_imtihon

Vazir va agentlik direktori TDPUga tashrif buyurdilar

Xabaringiz bor, OTMlarda o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon boʻladigan bino va maydonlarda oʻrganishlar olib borish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolangan edi.

Ushbu qo'shma bayonot doirasida bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Аkmal Burxonov tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar faoliyati hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, jarayonlarning ochiq va shaffof olib borilayotganligi kuzatdilar.

Vazir A.Toshqulov Musiqa ta'lim yo'nalishiga o'qishga xujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat qilib, imtihon jarayonining ochiq va shaffofligi to'g'risida fikr almashdi.

@TDPU_UZ