Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli universitetimiz talabalari! Bugungi kunda universiteti | TDPU_TTJ faoliyati

Qadrli universitetimiz talabalari!

Bugungi kunda universitetimizda har bir talabani iqtidorini namoyon etishga, ularning taklif va tashabbuslarini qo'llab quvvatlashga imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shu kunlarda o'tkazilayotgan ovozli chatlar orqali Sizlarning yuqori maqsad sari intilayotgan iqtidorli yoshlar ekanligingizga yana bir bor guvoh bo'lyapmiz. Lekin vaqt chegaralanganligi sababli ayrim yoshlar savollariga javob ololmay qolayotganligini guvohi bo'lmoqdamiz.

Sizlarga yanada yaqinroq bo'lish maqsadida savollar va takliflar bo'lsa
@FeruzaMadraximova_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, universitet faoliyatiga oid, Sizlar uchun foydali yangiliklarni
@fmadraximova telegram kanali orqali kuzatishingiz mumkin.

Shu bilan birga, universitetimizda korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida Sizlar uchun so'rovnoma tashkil etilmoqda. Sizlardan ushbu so'rovnomada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz!

https://forms.gle/DNFijYSW5KjFwyiRA