Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_kuni #Bayram_tabrigi TDIU Samarqand filiali di | TDIU Samarqand filiali

#Mustaqillik_kuni #Bayram_tabrigi

TDIU Samarqand filiali direktori, professor O. Murtazayevning - Mustaqilligimizning 31 yilligi bayramiga yo'llagan tabrigi.


Aziz yurtdoshlar, sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Betakror Vatanimiz ravnaqi yo'lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon charchamaylik! Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimiz baxt-u iqbolini ko'rish nasib etsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo'lsin!

Aziz vatandoshlar hamkasblar va qadrli talabalar! Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi bayrami bilan sizlarni va sizlar orqali oila a'zolaringizni chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo'lsin!

TDIU Samarkand filial
Direktor professor O. Murtazayev


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati