Get Mystery Box with random crypto!

​​TALABALAR TURAR JOYI Toshkent davlat iqtisodiyot universi | IQTISODIYOT FAKULTETI MATBUOT XIZMATI

​​TALABALAR TURAR JOYI

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida umumiy sig‘imi 1303 nafar talabaga mo‘ljallangan 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi quyidagicha:
1-TTJ - 495 nafar;
2-TTJ - 376 nafar;
3-TTJ - 432 nafar.


2022-2023 o‘quv yili uchun talabalar turar joyiga joylashish shartlari quyidagicha:


Faqat 1, 2 va 3-kurs kunduzgi ta’lim shaklida bakalavr ta’lim turida o‘qiyotgan talabalar TTJ dan turar-joy olishlari mumkin.
Talabalarni TTJ ga joylashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- imtiyozga ega bo‘lgan talabalar;
- 1-kurs talabalari;
- 2-kurs talabalari;
- 3-kurs talabalari.


Eslatma:
Imtiyozga ega talabalar bepul joylashtiriladi va imtiyoz mezonlari quyidagicha:
- temir daftarga kiritilgan oila farzandlari;
- nogironligi bo‘lgan talabalar;
- chin yetimlar;
- TDIU Yoshlar ittifoqi faollari.


Ma’lumot uchun, Talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar 5-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlab 2-TTJ da joylashgan komissiyaga murojaat qilishlari mumkin. Kerakli hujjatlar:
- ariza;
- passport nusxasi;
- 3×4 o‘lchamdagi 6 ta surat;
- asos bo‘luvchi hujjat va b.q.


Talabalar turar joyini talabalar o‘rtasida adolatli taqsimlash bo‘yicha universitet ishchi guruhi tashkil etiladi va belgilangan ichki tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi.

@tdiu_iqtisodiyot_fakulteti