Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexani | TDAU_SIRTQI

Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri Djiyanov M.R. QS(World University Rankings) reytingida 750 o‘rinda turuvchi Turkiyaning Istanbul texnika universitetidagi “Mashinasozlik” va “Elektrotexnika” kafedralari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda.

Hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan asosiy maqsad: kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy va o‘quv seminarlar tashkil etish; malaka oshirish va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish; xalqaro loyihalar; ilmiy maqola “Web of Science”, “Scopus”da va monografiyalar yozish va chop etish; kafedradagi Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalariga hamkorlikda darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash; xalqaro tajribalarni va innovatsion laboratoriyalarni o‘rganish hamda o‘z malaka va tajribasini oshirish.

TDAU Rasmiy kanaliga a'zo bo'ling va universitet yangiliklaridan xabardor bo'ling: @TDAU_news