Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun JShShIR? JShShIR barcha turdagi davlat, bank va | TDAUSF Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanali

Nima uchun JShShIR?

JShShIR barcha turdagi davlat, bank va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning yagona identifikator raqami hisoblanadi. Buning uchun shaxsimizni tasdiqlovchi pasportdagi 14 ta raqam tanlab olingan.

Shu o‘rinda ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin: Nima uchun aynan shu raqamlar yoki buni komputer tanlaydimi?

JShShIR noyob bo‘lib, o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q 14 ta raqamdan iboratdir.

Ya’ni u birinchi o‘rinda pasportda ko‘rsatilgan jins va tug‘ilgan asr indeksi, keyin tug‘ilgan sana, shahar yoki region kodi, fuqaroning seriyasi hamda tekshirish raqamlarini o‘z ichiga oladi.

Shuning uchun ham uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.