Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat_tanlov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mamlak | TDAUSF Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanali

#diqqat_tanlov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
2-shart: Tezkor savol-javob;
3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
1-oʻrin 40 million soʻm;
2-oʻrin 25 million soʻm;
3-oʻrin 20 million soʻm;
4-oʻrin 10 million soʻm;
5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Tanlov nizomi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube