Get Mystery Box with random crypto!

#Perevod_2021 Bakalavriyat kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsu | ТДАУ cиртқи таълим

#Perevod_2021

Bakalavriyat kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishlari aro oʻqishni koʻchirish masalalari.

Kunduzgi taʼlimdan quyidagilarga koʻchirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).

Kunduzgi taʼlimdan maxsus sirtqi va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.

Sirtqi taʼlimdan quyidagilarga koʻchirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki.

Sirtqi taʼlimdan maxsus sirtqi va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.

Kechki taʼlimdan quyidagilarga koʻchirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• kechki taʼlim (faqat bir taʼlim sohasi doirasida).

Kechki taʼlimdan sirtqi, maxsus sirtqi va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.

Maxsus sirtqi taʼlimdan quyidagilarga koʻchirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• maxsus sirtqi;

Maxsus sirtqi taʼlimdan sirtqi, kechki va qoʻshma taʼlim dasturiga koʻchirib boʻlmaydi.

Qoʻshma taʼlim dasturidagilar hamda Maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa OTMga koʻchira olmaydi.

@tdau_talim