Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonga Erondan o‘ta issiq havo kirib keladi. Joriy yil | Hozirda | Ishonchli xabarlar

O‘zbekistonga Erondan o‘ta issiq havo kirib keladi.

Joriy yilning 3–7 iyun kunlari Eron hududlaridan O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga mamlakat hududida issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 7-10 gradusga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz


Telegram | Instagram | TikTok