Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli mijozlar! Kredit to'lovlarini muddatidan oldin to'la | TBC Bank Uzbekistan

Hurmatli mijozlar!

Kredit to'lovlarini muddatidan oldin to'lashda kredit shartnomasi shartlari noaniq ekanligi haqida Telegram-kanalda paydo bo'lgan xabar munosabati bilan, shuningdek Markaziy Bankning 2022-yil 25-apreldagi 26-son ko'rsatmasi asosida TBC Bank quyida bankda onlayn-mikroqarzni muddatidan oldin to'lash shartlari haqida rasmiy tushuntirish beradi

IV. QAYTARISH TARTIBI

4.7. Qarz oluvchi tomonidan onlayn mikrokredit muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, Bank tomonidan to'lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
4.7.1. to'lov kunida hisoblangan foizlar qoldig'i;
4.7.2. asosiy summaning qolgan qismi
4.8.Kredit muddatidan oldin qisman so’ndirilganda, keyingi to’lovlar jadvali asosiy qarz qoldig'idan annuitet usuli bilan qayta hisoblanadi, bunda to’lovlarni amalga oshirish sanalari o'zgarmaydi.

Shuningdek onlayn-mikroqarzni muddatidan oldin to'lashda TBC UZ ilovasida “to'lov sanasi o'zgarmaydi” deb yozilgan push-xabarnoma chiqib keladi.