Get Mystery Box with random crypto!

#ХУШХАБАР Yoshlar uchun #imkoniyat №2 Ijtimoiy tarmoqlar orq | Zafar-Biznes blog💰💵

#ХУШХАБАР
Yoshlar uchun #imkoniyat №2

Ijtimoiy tarmoqlar orqali davolanish uchun o‘tkazilayotgan turli xayriyalarni tez-tez uchratib turamiz. Mana shunday paytlarda davlat tomonidan eng og‘ir sharoitdagi yoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatib, ularning salomatligini tiklashida hamda ota-onasini qo‘llab-quvvatlashda ko‘mak berish uchun “Yoshlar daftari” tizimi orqali subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bunda moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda (hozirda 15 000 000 so‘m) subsidiya ajratiladi. Bugunga qadar mazkur tizimga ishonib, 2148 nafar yosh davolanish bilan bog‘liq xarajatlari uchun murojaat qilgan va bu hozirda 15,5 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun havola.

Rasmiylashtirish uchun murojaat:
@Zafomonov

@TAYYORBIZNESLAR