Get Mystery Box with random crypto!

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan 200 mln s | .

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan 200 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilgan monitoring natijasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi buyurtmachiligida ayollar daftarida turgan fuqarolarga tikuv mashinalari xarid qilish yuzasidan 2023-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan 200 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Xususan, monitoring natijalari davlat xaridida ishtirok etgan 3 ta talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, yaʼni o‘zaro affillanganligi holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, ushbu xaridda ishtirok etgan 3 ta tadbirkorning hujjatlari ham maxsus elektron platformaga buyurtmachiga tegishli kompyuterdan foydalanilgan holda yuklanganligi ma‘lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Samarqand viloyat hokimligiga so‘rovnoma kiritilgan.

Viloyat hokimligi tomonidan 2023-yil 27-fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga ko‘ra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan. O‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xarid komissiyasining raisiga nisabatan maʼmuriy, bir nafar komissiya aʼzosiga esa intizomiy javobgarlik qo‘llanilgan.

@Tayloq_rasmiy