Get Mystery Box with random crypto!

Nomofobiya haqida bilasizmi? 'nomophobia' yoxud 'no-mobile-pho | TATU ZAKOVAT RASMIY KLUBI

Nomofobiya haqida bilasizmi?
"nomophobia" yoxud "no-mobile-phone-phobia", o'zbekchasi: "mobil telefon yo‘qligidan qo‘rqish" hissi.

Bu qanday asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin?

1. Havotir - Shunchaki telefoningiz yoningizda bo'lsa, unumdorlik kamayadi, yani yalqov bo'lib boraverasiz.

2. Narsisizm - Ijtimoiy tarmoqlarga odatlanib qolgan odamlar o'zlarining shaxsiy hayotlari haqida doimiy ravishda xabar berish natijasida paydo bo'lgan o'z-o'zini haddan ziyod ko’z - ko’z qilish xususiyatlariga ega bo'lib boshlaydi. 

3. Depressiya va yolg'izlik - Asosan o'z ijtimoiy tarmog'idan yuqori darajada foydalanadigan(o'smirlarda) ko'proq uchraydi. Bolalar tashqi olamdan ko'ra virtual olamda yashay boshalydi.

4. Diqqat yetishmovchiligi - Turli axborot oqimi miyaning bir vazifaga bir necha daqiqadan ko'proq vaqt qolishi qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.

5. Uyquning yo'qolishi - Telefondan me'yordan ortiq foydalanish inson salomatligiga eng kerakli bo'lgan uyqumizga salbiy tasir ko’rsatishi mumkin.