Get Mystery Box with random crypto!

Mazali salat. Kerakli masalliqlar: • 200-300 gr tovuq file | Tass_cooking ⚜️

Mazali salat.

Kerakli masalliqlar:

• 200-300 gr tovuq filesi
• 2 bog’ salat bargi
• 0,5 tadan svetafor balgarskiy
• 50 gr saryog’
• 5-6 ta cherri pomidor

Sous uchun:
• o’simlik yog’i
• bazelik
• oregano

Tayyorlanishi.

Tovuq filesini saryog’da ikki tomonini qovurib olib, ikkala tarafiga ham ta’bga ko’ra tuz va muruch sepib olamiz.
So’ng o’zini dimlab qo’yamiz.

Sous uchun:
4 osh qoshiq o’simlik yog’iga ta’bga ko’ra tuz, 0,5 choy qoshiq oregano va bazelik solib aralahtirib olamiz.

Svetafor balgarskiyni videoda ko’rsatilgandek shaklda to’g’rab olib tovamizga solamiz.
So’ngra tovuq bilan birgalikda 2-3 daqiqaga dimlab qo’yamiz.
Salat bargini salonka shaklida to’g’rab olamiz.
Tovuqni pishgandan so’ng salonka shaklida to’g’rab olamiz.
Pomidor cherrini esa ikkiga bo’lib olamiz.
So’ngra videoda ko’rsatilgandek qilib ketma-ketlikda tahlab chiqamiz.
Ustidan esa tayyorlab olgan sousimizni quyib olamiz.

Tayyor bo’ldi.
Yoqimli ishtaxa