Get Mystery Box with random crypto!

Olmali galeta Kerakli masaliqlar: 80 gr margarin 200 gr - | Tass_cooking ⚜️

Olmali galeta

Kerakli masaliqlar:

80 gr margarin
200 gr -un
1.ch.q razrexlitel
1 ta -tuxum
50 gr-smetana

Nachinka uchun:
4 ta olma
15 gr-kraxmal
20 gr shakar

Tayyorlanishi:

Margarin bilan unni kroshka qilib olamiz. Tuxum,smetana va razrexlitel solib xamir qorib olamiz.
Xamirni tindirib olamiz.
Olmani po'stini artib mayda kubik qilib to'g'rab olamiz.
Quruq tovaga solib shakar bilan qovurib olamiz.
Xamirimizni yoyib olamiz,so'ng kraxmal va shakarni aralashtirib olib xamirga yoyib chiqamiz.
Ustidan nachinkamizni yoyib olib,videoda ko'rsatilgandek xamir chetini tugub olamiz.
Tuxum sarig'ini surtib 180 gradusga
35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaxa