Get Mystery Box with random crypto!

Kisadeli. Kerakli masalliqlar: • pita noni • 200 gr tovuq | Tass_cooking ⚜️

Kisadeli.

Kerakli masalliqlar:

• pita noni
• 200 gr tovuq filesi
• 0,5 ta qizil balgarskiy
• 1 ta piyoz
• 100 gr konserva jo'xori
• 100 gr sir
• 100 gr saryog'

Tayyorlanishi.

Tovamizaga saryog' solib birinchi mayda to'g'ralgan piyozimizni ozgina qizartirib olamiz.
So'ngra mayda kubik qilib to'g'ralgan tovuq filesini ham solib 5 minut qovurib olamiz.
Ta'bga ko'ra tuz, muruch va sladkiy paprika solib aralshtirib olamiz.
So'ngra mayda kubik to'g'ralgan qizil balgarskiy va jo'xorini solib qovuramiz.
Ozgina suv solib 5 minutga dimlab qo'yamiz.
Nachinkamiz tayyor bo'ldi idishga ovolamiz.
Pita noninimizni ham saryog' ikki tarafini ozgina qovurib olib nachinkamizani huddi videoda ko'rsatilgandek bir tarafiga solamiz.
Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan sir solib, ustini yopamiz.
So'ng ikki tarafini qizartirib olamiz.

Tayyor bo'ldi.
Yoqimli ishtaxa