Get Mystery Box with random crypto!

Tovuq oyoqchalaridan taom. Kerakli masalliqlar: • 6-8 ta | Tass_cooking ⚜️

Tovuq oyoqchalaridan taom.

Kerakli masalliqlar:

• 6-8 ta tovuq oyoqlari
• 3-4 dona sarimsoq piyoz
• 100-150 gr moyonez
• 100 gr tomat
• 5-6 dona pomidor cherri
• 50 gr saryog’
• ziravorlar

Tayyorlanishi.

Tovuq oyoqlarini videoda ko'rsatilgandek pichoqda teshib olamiz.
Ustidan ta'bga ko'ra tuz, muruch, sladkiy paprika va xmeli-suneli ziravoridan solamiz.
Ustidan moyonez va tomat solamiz.
Yana sarimsoq piyozni parre-parre qilib to'g'rab solamiz va saryog’ni ham videoda ko’rsatilgandek ustiga qo’yib chiqamiz.
Idishda yaxshilab aralashtirib olamiz.
So'ng idishimizga chiroyli qilib tahlab ustiga pomidor cherrilarni qo'yib olamiz.
Hoxishga ko’ra ustiga rozmarin soselayam bo’ladi.
Qizib turgan duxofkada 220 gradusda 25-30 minut pishirib olamiz.

Tovuq oyoqlaridan tayyorlangan sochniy taomimiz tayyor bo'ldi.
Yoqimli ishtaxa