Get Mystery Box with random crypto!

Meksikancha taco Kerakli masalliqlar: • 3-4 dona tortil | Tass_cooking ⚜️

Meksikancha taco

Kerakli masalliqlar:
• 3-4 dona tortilla
• 250 gr qiyma
• 100 gr ketchup
• konservali fasol
• salat bargi
• tvarojniy sir
• o’simlik yog’i
• tuz va muruch

Tayyorlanishi.

Tortilla hamirini videoda ko’rsatilgandek qilib dumaloq shaklda kesib olamiz.
So’ngra o’simlik yog’i surtib olib videoda ko’rsatilgandek setkaga kiydirib olib duxofkada 180-gradusda 3-4 minut qotirib olamiz.
Nachinkasi uchun tovamizga o’simlik yog’i solib qiymaga ta’bga ko’ra tuz va muruch sepib 5-6 minut qovurib olamiz.
Ustidan ketchup solib aralashtirib yana qovurib olamiz.
15-20 daqiqada qiymamiz pishadi.
Salat bargini esa salonka shaklida to’g’rab olamiz.
Qotirib olgan tortillaga videoda ko’rsatilgandek qiymadan solib ustiga tvarojniy sirni solamiz.
Ustidan salonka to’g’ralgan salat bargini va fasolni solib olamiz.

Meksikancha taco tayyor bo’ldi.
Yoqimli ishtaxa