Get Mystery Box with random crypto!

Mazali salat. Kerakli masalliqlar: • 1 ta kichkina brokli • | Tass_cooking ⚜️

Mazali salat.

Kerakli masalliqlar:

• 1 ta kichkina brokli
• 1 bog' rukola
• 5-6 ta pomidor cherri
• konserva jo'xori
• o'simlik yog'i
• kraboviy palochka (freshwater)
• fetaksa

Tayyorlanishi:

Birinchi bo'lib broklini o'rtacha to'g'rab idishga solamiz.
Ustidan ta'bga ko'ra tuz, muruch va o'simlik yog'i sepib duxofkada 180 gradusda 10-15 daqiqa piahirib olamiz.

Sous uchun:
O'simlik yog'i, yarim choy qoshiq gorchitsa, ta'bga ko'ra tuz va muruch bilan limon suvini siqib olib aralashtirib olamiz.

So'ngra krabni o'rtacha kubik shaklida to'grab olamiz.
Pomidor cherrini esa ikkiga bo'lib olamiz.
Idishimizga videoda ko'rsatilgandek qilib, rukola, pomidor, brokli, fetaksa, kraboviy palochka va konserva jo'xorini ketma-ketlikda solib olamiz.
Ustidan tayyorlab olgan sousimizni quyib aralashtirib olamiz.
Salatimiz tayyor bo'ldi.

Yoqimli ishtaxa