Get Mystery Box with random crypto!

Ideal blinchik. Kerakli masalliqlar: 500 gr sut 2 ta tuxum | Tass_cooking ⚜️

Ideal blinchik.

Kerakli masalliqlar:

500 gr sut
2 ta tuxum
150 gr un
0,5 chomich o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq ichimlik sodasi

Nachinkasi uchun:

2 qoshiq smetana
200 gr tvorog
100 gr olcha
2 osh qoshiq shakar

Tayyorlanishi:

Nachinkasi uchun idishga tvorog, smetana, shakar va olchani solib aralashtirib olamiz.

Alohida idishga iliq sut, tuxum, un, ichimlik sodasi, tabga koʻra tuz,o'simlik yog'ini solib aralashtiramiz.Qizigan tovada pishirib olamiz.
Pishgan blinchiklarimizni orasiga tvorogli nachinkamizni solib dasturxonga tortamiz.