Get Mystery Box with random crypto!

Kerakli masalliqlar: 3 ta qoʻy kareyka 300 gr mol goʻshti 3 t | Tass_cooking ⚜️

Kerakli masalliqlar:

3 ta qoʻy kareyka
300 gr mol goʻshti
3 ta tovuq pyodrasi
4 ta kartoshka
2 ta qizil sabzi
2 ta piyoz
1 ta qizil bolgarskiy
1 ta yashil bolgarskiy
5,6 dona chesnok
1 ta kichkina oq karam
Tabga koʻra tuz
Murch, zira, paprika, kashnich urugʻi
Oʻsimlik yogʻi
1 osh qoshiq tamat
6 ta lavr bargi




Tayyorlanishi:

Birinchi boʻlib idishga goʻshtlarimizni solib tuz, murch, paprika, kashnich urugʻi, oʻsimlik yogʻi solib aralashtirib olamiz. Ustidan toʻgʻrab olgan sabzavotlarimiz tuz, va tamat solib aralashtirib qoʻyamiz. Alohida bankalarga goʻsht va sabzavotlarimizni solib, ustidan boʻlaklarga boʻlingan karam, lavr banki, va murch solib banka qopqogʻini yopamiz. Kastrulimizga sochiq solib bankalarimizni joylab olamiz. Ustidan sovuq suv solib qaynatish uchun qoʻyamiz. 2,5 soat davomida qaynatib pishirib olamiz.
Suv solinmasa ham shorvali, vitaminlarga boy noodatiy dimlama taomimiz tayyor.
Retsept yoqqan boʻlsa Nodirangizni duo qilishni unutmang