Get Mystery Box with random crypto!

8 ta tuxum 200 gr shakar 237 gr un 24 gr kakao 67 gr oʻsimlik | Tass_cooking ⚜️

8 ta tuxum
200 gr shakar
237 gr un
24 gr kakao
67 gr oʻsimlik yogʻi
20 gr raxrelitel

8 ta tuxum oqini sarigʻidan ajratib olamiz. Tuxum oqini yaxshilab koʻpirtirib oz-ozdan shakar solib qattiq bize qilib olamiz. Tuxum sarigʻiga oʻsimlik yogʻi solib, bize ustidan quyib yengil mikser qilib olamiz. Ikta idishga birxil qilib ajratib olamiz.

Bittasiga:
107 gr un
24 gr kakao
10 gr razrexlitel

Ikkinchisiga
130 gr un
10 gr raxrexlitel

Ikkala massani videoda ko’rsatilgandek lapata yordamida aralashtirib olamiz. Litsga solib 160 gradusda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Krem uchun:
600 gr qaymoq
300 gr tvarojniy sir
200 gr shakar upasi

Idishga hamma massamizni solib qattiq krem bo’lguncha mikser qilib olamiz.

Pishkan oq va qora biskvitlarimizni teng uch bo’lakka bo’lib orasiga krem surtib, oq qora ketma ketlikda tahlab chiqamiz. 1 soatga morozilkaga yuboramiz.

Bu orada ganaj tayyorlab olamiz:
150 gr qaymoq
150 gr qora shokolad

Biroz turgan shirinligimizni oʻrtasidan ikkiga boʻlib videoda koʻrsatilgandek kesib olamiz. Orasiga krem surtib uchburchak shaklini beramiz.

Ustidan yana krem surtib ganaj quyib olamiz.

Ajoyib shirinligimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!