Get Mystery Box with random crypto!

Chechevitsa Kerakli masalliqlar: 1 ta piyoz 1 ta qizil sa | Tass_cooking ⚜️

Chechevitsa

Kerakli masalliqlar:

1 ta piyoz
1 ta qizil sabzi
1 ta kartoshka
3 dona chesnok
2 ta pomidor
1 ta lavr bargi
500 gr chechevitsa
50 gr saryogʻ
3 lit suv
Tuz, paprika, murch, oregano


Tayyorlanishi:

Qozonga yogʻ solib piyozimizni qovurib olamiz. Parrak toʻgʻralgan sabzimizni solib biroz qovurib kartoshka, pomidor va chesnok solib qovurishda davom etamiz.

Ziravorlardan:tuz, murch, paprika va kurkuma solamiz.

Ivitib olingan chechevitsamizni solib birrov qovurib suv solib ustini yopib qaynatib olamiz.
30 daqiqa qaynagan sho’rvamizni
Blendr qilib olamiz.

Alohida idishda saryogʻ va paprikani solib qovurib olamiz.

Pishgan shoʻrvamiz ustidan quyib olamiz.

Limon, oregano va qotirilgan non bilan dasturxonga tortamiz.

Haqiqiy retsept asosida chechevitsamiz tayyor boʻldi.
Retsept yoqqan boʻlsa Nodirangizni duo qilishni unutmang