Get Mystery Box with random crypto!

Mmmm…. Kerakli masalliqlar: • 150 gr sut • 1 osh qoshiq s | Tass_cooking ⚜️

Mmmm….

Kerakli masalliqlar:

• 150 gr sut
• 1 osh qoshiq shakar
• 1 osh qoshiq droja
• 1 ta tuhum
• 160 gr un
• ta’bga ko’ra tuz
• 10 dona o’rtacha uzunlikdagi sosiska
• 200 gr atrofida sir (alsafi)
• 100 gr kfc uchun mo’ljallangan non talqoni
• o’simlik yog’i

Tayyorlanishi.

Iligan sutimizaga droja va shakarni solib apara qilib, oshirib olamiz.
Tuhum, tuz va un solib suyuqroq hamir tayyorlab olamiz.
Hamirimizni ustini yopib oshirib olamiz.
Hamir oshguniga qadar sosiska va sirni videoda ko’rsatilgandek shpashkaga tiqib olamiz.
So’ngra hamirimizga botirib olamiz.
Ustidan esa kfc uchun mo’ljallangan non talqoniga botirib olamiz.
Qizib turgan o’simlik yog’ida qizartirib pishirib olamiz.
Issiqligida tanovul qilamiz

Tayyor bo’ldi.
Yoqimli ishtaha