Get Mystery Box with random crypto!

Lulya kebab 500 gr qiyma 1 ta kartoshka 1 ta piyoz 1 ta qiz | Tass_cooking ⚜️

Lulya kebab


500 gr qiyma
1 ta kartoshka
1 ta piyoz
1 ta qizil sabzi
1 ta qizil bolgarski
1 ta tuxum
Tuz, murch
Aviko tayyor kartoshka sharikchalari
Qovurish uchun oʻsimlik yogʻi


Qiyma ustiga qirqichdan chiqarilgan kartoshka,piyoz, qizil sabzi, mayda toʻgʻralgan qizil bolgarsi va tuxum solamiz. Tabga ko’ra tuz va murch solib aralashtirib olamiz. Urib urib shakl berib olamiz. Vilka yordamida videoda koʻrsatilgandek iz tushirib olamiz.
Duxovka listini yogʻlab kotletlarimizni terib olamiz.
200 gradusda 30.35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qozonchaga yogʻ quyib aviko brendining tayyor kartoshka sharikchalarini 5-7 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Hohishga koʻra sharikchalarimiz va lulya kebabizni bezatib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha