Get Mystery Box with random crypto!

Grechkali galupsi kerakli masalliqlar: •2 ta piyoz •2 ta kar | Tass_cooking ⚜️

Grechkali galupsi

kerakli masalliqlar:
•2 ta piyoz
•2 ta kartoshka
•1 ta qizil sabzi
•300 gr suyakli goʻsht
•5.6 dona bulgʻor qalampiri
•1 osh qoshiq tamat
• 400 gr qiyma
•2 ta pomidor
•3 osh qoshiq guruch
•3 osh qoshiq grechka
•tuz,murch
•kashnich

Tayyorlanishi:

Qozonga yogʻ solib biroz qizigach suyakli goʻshtimizni solamiz. Biroz qovurilgach kartoshka va sabzini qolib qovurishda davom etamiz. Tabga koʻra tuz solamiz. 1 qoshiq tamat solib aralashtirib suv solamiz. Pomidor va piyozni butunicha suviga solamiz. Past olovga qaynatishga qoʻyamiz.

Alohida idishga qiyma , mayda toʻgʻralgan piyoz, pomidor, kashnich, guruch, grechka,oʻsimlik yogʻi,tuz hamda murch solib aralashtirib olamiz.
Tozalangan bolgarskilarimizni ichini qiyma bilan toʻldirib olamiz.
Idishimizga galupsilarimizni terib olamiz. Qaynab turgan shoʻrvamiz ustiga pishirish uchun 1 soatga yuboramiz. Shorvasiga toʻgʻralgan kashnich solamiz.
Hamma vitaminlari oʻzida qoladigan noodatiy galupsilarimiz tayyor boʻldi. Albatta duo qilishni unutmang