Get Mystery Box with random crypto!

Hamir hasip Kerakli masalliqlar: 200 gr suv 1 osh qoshiq tu | Tass_cooking ⚜️

Hamir hasip

Kerakli masalliqlar:

200 gr suv
1 osh qoshiq tuz
1 ta tuxum
Un
1 piyola guruch
300 gr mol goʻshti
200 gr qoʻyni ichki yogʻ
3 ta piyoz

Tayyorlanishi:

Idishga tuz, suv, tuxum solib aralashtirib, un solib qattiqqina hamir qoramiz. Hamirni tindirish uchun olib qoʻyamiz.
Qozonga yogʻ solamiz. Biroz qizigach yuvilgan yuruch solib bir ikki qovurib, suv va tuz solib 5.10 daqiqa dimlab chalaroq pishirib olamiz.
Nachinkasi uchun mol goʻshti, piyoz, va qoʻyni ichki yogʻini mayda qilib toʻgʻrab tuz, murch, zira va oʻsimlik yogʻi, va chala pishgan guruchimizni solamiz.
Tingan hamirimiz yoyib, videoda koʻrsatilgandek kesib boʻlaklarga boʻlib olamiz.
Qiymamizga shakl berib hamir hasiblarimizni tugib olamiz.
Oʻsimlik yogʻiga tekizib qasqonga terib olamiz.
Oʻrta olovda 30.35 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Hammaga birdek yoqadigan hamir hasib taomimiz tayyor boʻldi. Yoqimli ishtaha.