Get Mystery Box with random crypto!

Kerakli masalliqlar: •Hamir uchun: 700 gr un 350 gr margarin | Tass_cooking ⚜️

Kerakli masalliqlar:

•Hamir uchun:
700 gr un
350 gr margarin
4 ta tuxum sarigʻi
350 gr smetana
1 choy qoshiq ichimlik sodasi

•Nachinkasi uchun:
650 gr yongʻoq
400 gr shakar
4 ta tuxum oqi
Asal

Tayyorlanishi:

Un va ichimlik sodasini aralashtirib olamiz. Ustidan hona haroratidegi margarin, smetana, tuxum sarigʻi solib aralashtirib hamir qorib tindirish uchun olip qoʻyamiz.
Nachinkasi uchun yongʻoqni mayqalab tuxum oqi va shakarni solib aralashtirib olamiz.
Tingan hamirimizni toʻrt boʻlakka boʻlib olamiz. Hamirimizni yoyib listga yoyib nachinka,hamir, nachinka, hamir shu ketma ketlikda terib olamiz. Eng ustiga pichoq yordamida iz tushurib tuxum sarigʻi surib olamiz. Boʻlakchalar ustiga yongʻoq qoʻyib 170* da 40-50 daqiqa davomida pishirip olamiz.
Piship chiqqandan keyin ustiga asal surtib olamiz.
Mazzali paxlava retsepti tayyor retsept yoqsa duo qilishni unutmang.