Get Mystery Box with random crypto!

#tez_kunda #yangi_kitob Bu kitob o'z o'quvchisiga Odam alayh | Tasnim | 📚

#tez_kunda #yangi_kitob

Bu kitob o'z o'quvchisiga Odam alayhissalomning eng yaxshi, eng muxlis avlodlari haqida eng sahih, eng go'zal, eng ibratli hayot yo'llaridan hikoyalar so'zlaydi.

Bir manzil istab yo'lga tushgan har kishi yo'lboshchiga ehtiyoj sezadi. Uning soyasida, uning hamrohligida safarini yakunlamoq istaydi. Bu safarlarning eng mashaqqatlisi, shubhasiz, Oxirat diyoriga bo'lganidir. Bunda yo'lchi mahfuz va maqbul sarbonga ergashmasa, halok bo'ladi.

Sahifalarni varaqlar ekanmiz, yagona Allohga itoat qilishga chaqirgan halim farzandni "toshbo'ron qilish" bilan jazolamoq istagan kofir otaning haqqiga: "Robbimiz, hisob qilinadigan Kunda meni, ota-onamni va mo'minlarni mag'firat aylagin", deya duo qilgan Azimat egalari — Payg'ambar alayhimussalomlar hayotlari bilan yana-da yaqinroq tanishamiz.

Payg'ambarlar qissasi - Abul Hasan Ali Nadvi

Telegram | Instagram | Facebook