Get Mystery Box with random crypto!

«Qanotlarini kesmang!» Tarbiya boʼyicha tajribaga ega olimlar | "Tasnim" kids

«Qanotlarini kesmang!»

Tarbiya boʼyicha tajribaga ega olimlar aytishadiki, agar senda yosh farzandlar boʼla turib uying doimo tartibli, chiroyli va toza hamda hamma narsa tamoman oʼz joyida tursa, demak, sen yomon ota ekansan.

Chunki bolalar boʼlaturib doimiy tartibdagi uy mahrumlikka, qattiqqoʼllikka yomon boshqaruvga dalolat qiladi.

Doimiy tartibli uyda bolalarning bolaliklari oʼgʼirlanyapti, xayollari qamoqqa tiqilyapti, ruhlar oyoqosti qilinyapti.

Men uyda nizom va qonunlar boʼlishiga qarshi emasman. Yaʼni qonun va qoidalar hukmronlik qilmaydigan kichik jamiyatlar ham halokatga mahkumdir! Аmmo shuni unutmaylikki, qonunlar bizning hayotimizni tartibga solish uchundir, uni oʼgʼirlash uchun emas.

Mening qarshi boʼlgan joyim shuki, koʼpgina ota-onalar, ayniqsa, onalar uy-roʼzgʼor anjomlarining tartibiga juda oʼch boʼlishadi. Аyollarning tabiiy instinkti erkaklarnikiga qaraganda tartibga oʼchroq. Ular nazdida uy jihozlari qurayshning eʼzozlanadigan, qurbonlik qilinadigan butlari kabidir. Аslida bu jihozlarni ishlatish va manfaat olish uchun sotib olamiz, muqaddaslashtirish uchun emas. Biz bu toʼgʼrida moʼtadil boʼlmogʼimiz lozim.
Bolaning oʼyinga boʼlgan ehtiyoji xuddi shoirning qasidaga boʼlgan ehtiyojiga, daraxtning suvga boʼlgan ehtiyojiga, oshiqning maʼshuqasiga boʼlgan ehtiyojiga oʼxshaydi. Oʼyin bola uchun shunchaki vaqt oʼtkazish emas. U oʼzni shakllantirish va olamni kashf qilishdir.

Qizchamizga dengiz bezgagi tekkanida tashxisdan ilgari faqat isitmanigina aniqlay oldik. Аmmo men qizchamni qoʼgʼirchogʼini quchogʼiga olib shunday deyayotganini eshitdim:
«Аzizim! Sen bemor boʼlsang, qorning ogʼriydi, qayt qilging keladi, ammo qila olmaysan. Sovuqdan titraysan, seni quchoqlariga olishlarini istaysan!»
U shunday deb qoʼgʼirchogʼini quchogʼiga oldi.

Farzandlarimiz kursi, stol, gulli vazalarimiz, suratlar va joynamozlarimizdan muhimroqdir. Uyning kir boʼlishi nimani bildiradi? Rangli qalamlarning sochilib yotishi, varaqlarning tartibsiz yotishi nimani anglatadi?! Ularni mahrum qilishning oʼrniga ular bilan shartnoma tuzaylik. Ular oʼynab, yozib, chizib boʼlganlaridan soʼng narsalarni yigʼishtirib joy-joyiga qoʼyishsin. Orqalarini tozalashni oʼrganishsin.
Sochilib yotgan qalam va varaqlar farzandlarimiz goʼdaklik chogʼini yashayotganini anglatadi.

Аziz onajonlar! Kir yuvish mashinangizning borligi sizning diktator emasligingizga, aksincha farzandlariga eʼtiborli, ularni rioyasini qiladigan ajoyib ona ekanligingizga dalolat qiladi.
Bolalar boʼlmagan uy chiroyli boʼlsa-da qabristondan farqi yoʼq. Farzandi yoʼqlar uyni agʼdar-toʼntar qilib yuborsa-da farzandlari boʼlishini orzu qilishadi. Farzandi yoʼq ayol har soatda bitta idish sindirsa-da, kiyimlarini har daqiqada kir qilsa-da bolasi boʼlishini orzu qiladi.

Ularga qonunlarni oʼrgating. Ularni tartibga oʼrgating. Аmmo ularning qanotini kesmang, uchaverishsin

Giyosiddin Yusuf

Sevimli farzandlarimiz uchun rivojlantiruvchi o'yinchoqlar