Get Mystery Box with random crypto!

“Sevgi kuchni emas, zaiflikni bo’lishishdir…” Assalomu alayku | Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books

“Sevgi kuchni emas, zaiflikni bo’lishishdir…”

Assalomu alaykum, kitoblarni avval qalbiga keyin esa kutubxonasiga joylaydigan kitobxonlar!
Mana qariyb ikki yil davomida siz azizlar bilan birga kuldik, mahzun bo’ldik…nasib ekan, loyihamizning ikkinchi kitobi biroz kechikdi, bugun sizlarning e’tiboringizga Turkiyalik mashxur yozuvchi Muhammad Bo’zdag’ qalamiga mansub ushbu kitobimizni taqdim etish arafasidamiz.
Adibning qaysi asarini mutolaa qilmang, barchasida insonni ijobiy va mantiqiy fikrlashga undaydigan, kamolotga chorlaydigan, ikki dunyoingizni farovon etadigan pand-nasihatlarni uchratasiz.
Kitob sizga zillat va qalb hastaliklarini muolaja etishingizda yo’lboshchi va ko’makchi bo’lishiga ishonamiz.
Tin olib…Shov-shuvli hayotning shovqin-suronida o’zimiz haqimizda tafakkur qilamiz. Munosabatlarni ustunliklarga ko’ra tartiblaymiz!

Qalbga taskin beradigan kitoblarni ulashuvchi beminnat hamrohingiz _ TASKIN KITOBLAR jamoasi!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!