Get Mystery Box with random crypto!

#Erkaklar, ayolingizning holidan xabardor bo'ling. Uning muamm | Taskinim | تَسْكِنِمْ

#Erkaklar, ayolingizning holidan xabardor bo'ling. Uning muammolari, ehtiyojlari bilan qiziqing. Ba'zi ayollar qaynonasi bilan orasida muammo bo'lsa ham juftiga aytmaydi. Natijada jabr ko'rib yashayveradi.

To'g'ri, ayol juftiga uning yaqinlarini yomonlashi kerak emas, shuning uchun bu haqida o'zingiz qiziqing deyapmiz.

– Azizam, yaxshimisan? Uyda hammasi yaxshimi? Hech kim seni xafa qilmayaptimi?

Javob qanday bo'lsa ham o'zingiz vaziyatni aniqlashtirishga harakat qiling. Darrov chora ko'rishga oshiqmang yoki "Sabr qil, hali hammasi yaxshi bo'ladi" demang. Harakat ham qilish kerak.

Onangiz bilan ayolingiz orasida nima sababdan muammo yuzaga kelayotganini aniqlash kerak. Keyin o'shani bartaraf qilasiz. Albatta, hammasi yaxshilik bilan bo'ladi.

Hozircha shu )

Hubbuna

@taskinim