Get Mystery Box with random crypto!

'Bosmachilar' Vayron qib masjidlarni o't qo'yishdi qishloqlar | Qora kundalik..

"Bosmachilar"

Vayron qib masjidlarni o't qo'yishdi qishloqlarga,
Chamanzor o'lkamizni aylantirib botqoqlarga.
Safdosh jo'ralarizni bo'ynin ilib sirtmoqlarga,
Sizlardan keyin vatan qoldi xoin qo'rqoqlarga.

Ortizdan ketdi olim ketdi jadid ketdi essiz,
Ayollar dalalarda ketmon urdi shomgacha.
Kimdirlar sibirdan qaytmadi ketdi izsiz,
Paxtani terib bosishdi hovli ayvon tomgacha.

Vatan dardidan o'zlarin chetga oldilar gumrohlar,
Bosqinchi yovlarga haykal qo'yishdi ana maddohlar.
Vatanni himoya qib bosmachilar deb ataldi,
Surgun boldi ba'zilari otildi kimlar qamaldi...

Qochmadiz yurtni tashab tanladiz shahid shonin,
Turkiston ichidan qancha xoinlar chiqdi yaloqlar.
Mardlik ufurgan ko'ksizga taqmadiz yov unvonin,
O'z yurtizdan chiqqan do'stlar bo'ldi yovga hamtovoqlar..

Aslida kim bosmachi edi?